Biz ko‘pincha biznesni raqamlar, strategiyalar va daromadlar ustiga quramiz. Lekin aslida, har qanday buyuk ishning markazida bitta oddiy haqiqat turadi: Hamma narsa insonlar bilan va insonlar orqali amalga oshadi.
"Insonlar insonlar uchun" (People for people) g‘oyasi bugun biz uchun shunchaki xayriya yoki balandparvoz gap emas. Bu — biz qurayotgan ekotizimning poydevori va eng aniq biznes modelidir.
1. Muvaffaqiyat — bu jamoaviy sport turi
Yakkaxon qahramonlar davri o‘tdi. Bugungi kunda eng katta natijaga erishishning yagona yo‘li — boshqalarning ham ko‘tarilishiga yelkadosh bo‘lishdir. Agar biz atrofimizda kuchli, mustaqil va ambitsiyali "founder"lar qatlamini shakllantira olmasak, o‘zimiz ham uzoqqa bora olmaymiz.
Haqiqiy liderlik — bu qancha ergashuvchingiz borligi bilan emas, balki sizning yordamingiz bilan qancha yangi liderlar (founders) yetishib chiqqani bilan o‘lchanadi.
2. Bilim va imkoniyat ulashish
Bizda resurs bor, tajriba bor, netvorking bor. Bularni o‘z ichimizda saqlash — turg‘unlikka olib keladi. "Insonlar insonlar uchun" tamoyili shuni anglatadiki, biz bilgan narsamizni o‘rgatamiz, qo‘limizdagi imkoniyat eshiklarini boshqalar uchun ham ochamiz.Qachonki biz birovga o‘z g‘oyasini amalga oshirishga, startapini oyoqqa turg‘izishga yoki hayotini o‘zgartirishga turtki bersak, bu energiya bizga o‘n barobar bo‘lib qaytadi. Ekotizim shunday ishlaydi: berganingiz sari kengayasiz.
3. Burilish nuqtasiHozir shunday davrki, biz shunchaki kuzatuvchi bo‘la olmaymiz. Biz harakatlantiruvchi kuch bo‘lishimiz shart. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash orqali daromadni ham, natijani ham keskin o‘stirish mumkin.
Agar biz haqiqatan ham "odamlar odamlar uchun" tamoyilida yashasak, atrofimizda muammolarga yechim beradigan, qiymat yaratadigan va jamiyatni oldinga tortadigan kuchli jamoani ko‘ramiz.
Keling, bir-birimizga zinapoya bo‘laylik. Siz kimgadir yuqoriga chiqishga yordam bersangiz, o‘zingiz ham o‘sha cho‘qqiga yaqinlashasiz. Bizning missiyamiz — nafaqat o‘zimiz yutishimiz, balki yutadigan insonlarni ko‘paytirishdir.