Kiberjinoyatlar har kuni ortib bormoqda va ularning turlari 18 tadan 62 taga ko‘paydi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt yordamida ovoz va yuzni soxtalashtirish, zararli fayllarni tarqatish faol tus oldi.
Mablag‘larni qo‘lga kiritganlar ularni kriptovalyuta ko‘rinishida chet elga chiqarishmoqda.
Ushbu jinoyatlarni tez aniqlash va oldini olish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kibertexnologiyalar va sun’iy intellektni mukammal egallashi zarur.
Shuning uchun Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida bo‘lim tashkil etiladi, uning uchun shaxsan vazir javobgar bo‘ladi.
Adliya vazirligida kiberjinoyatchilik va raqamli huquq bo‘yicha alohida boshqarma ochiladi.
@KurbanoffNet